Bu dunyo kimga kerak?!
34, Asaka, Uzbekistan

Muhabbat arzon bo'lsa,
Yor kuyib hazon bo'lsa.
Vadalar gumon bo'lsa,
Bu dunyo kimga kerak...

Mexr kuyib kul bo'lsa,
Tuxmat dori mul bo'lsa.
Qadir yarim tiyin bo'lsa,
Bu dunyo kimga kerak.

Vofosi yo'q nech yor,
Necha yor-yorga avyor.
Asragil parvardigor,
Bu dunyo kimga kerak.

Ota o'g'ilni suymas,
Qizlar onaga kuymas.
Do'stga ishonib bo'lmas,
Bu dunyo kimga kerak.

O'ktam oshiq bo'l o'zing,
Yorga so'yla chin so'zing.
Chamandur bolsang o'zing,
Bu dunyo senga kerak.

Bu dunyo kimga kerak

5 skatījumu
 
komentāri

Pašlaik nav neviena komentāra
Atstāj komentāru, un uzsāc diskusiju!

Blogs
Blogi tiek atjaunināti katras 5 minūtes