Siz uzgani sizlagan kecha!
Dushmanlarim utdi iljayib,
Dustlar esa koldilar koyib.
Jismu jonim koldi m ungayib,
Siz uzgani sizlagan kecha.
Yurakkinam yig'lagan kecha.
Orzularim buldilar xazon,
Yuragimda in kurdi armon.
Ox, bunchalar pastladi osmon,
Siz uzgani sizlagan kecha.
Kunglim uksib yiglagan kecha.
Yulduzlar xam bokdilar xayron,
Kungil kasri buldiku vayron,
Ogriganda - ogridi bu jon,
Siz uzgani sizlagan kecha.
Men tun buyi yiglagan kecha.
Bulutlarga buyim yetmadi,
Kattik ekan, yer xam yutmadi.
Xatto ajal bir pas kutmadi.
Siz uzgani sizlagan kecha.
Men tongacha yiglagan kecha.
Yuragimda izlaring koldi.
Orzularim okdan ok edi,
Xayollarim nurdan pok edi,
Sevgimizga oy guvox edi,…
Bir paytlar, ey oshiq yigit,
Aytar eding:
Oldda meni kutyapti baxt deb,
Juda baxtli bo’lgim kelyapti,
Ko’zimdan yosh quyilar kulsam.
Nima gunoh axir menda ham,
Saroblarga ishongan bo’lsam.
Yurak to’la qayg’uday, ohday.
Oltinlari mis chiqqan shohday.
Sevgi nima bilasizmi?
Meni jondan sevasizmi?
Yuragimi topshirsam sizga !
Dog' tushirmiy yurasimi?
Salom hammani kevotgan 14 fevral sevishganlr kuni bilan tabrikliman hamma sevishganlar o'z jufti bilan bahtli bo'lishsin hammaga sevish va sevilish bahti nasib etsin!
Men sizni bezovta qilmasman ortiq,
Bildim, bo’g’zingizga keldi malolim.
Ammo men netayki ishqsiz dunyoda,
Mudom bo’yningizga tushmish zavolim.
Yodingizga yodim maloli kelmish,
Ko’zingiz zerikkan, mendan, bilaman.
Go’zal tuyg’ularim xo’rlangan joyda,
Men nima qilaman?
Yig’lab chorlamasman ilojin topsam,
Endi ko’zingizda otmas tonglarim.
Nurdan tuproqqacha sirli dunyoda,
Men Sizni angladim.
Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.
Ayrilq ranglari to’lgan dunyoda,
Men yashil rangimni topolmadim hech.
Xayr, men- o’ziga begona odam,
Sizga ham qadrdon bo’lmog’im qiyin.
Mabodo sog’inib qolsangiz agar,
Qo’ng’iroq qilarman...
Ming yildan keyin
O’ylar edim: hayot bizni siylaydi deb,
Biz kuylagan qo’shiqlarni kuylaydi deb.
Bugun bo’m-bo’sh yuragimni siylayapman,
Hayot qanday aytsa, shunday kuylayapman.
O’ylar edim: so’nmas mening g’ururlarim,
Ko’ksimdagi hayratlarim,sururlarim,
Bugun qoldim ikki o’tning ozorida.
Yig’layapman g’ururimning mozorida.
O’ylar edim: do’stlarim bor dil chog’ etar,
Yo’limdagi chohlarimdan ogoh etar,
Yorab, bugun bu o’yinda o’zib chiqdim.
Do’stim tashlab ketgan chohdan o’zim chiqdim.
O’ylar edim: sevgan yorim tashlab ketmas!
Jondan sevar, ko’zlarimni yoshlab ketmas!
O’ylar edim: men deb unday ado yo’qdir,
Bugun undan sado yo’qdir, sado yo’qdir!
O’ylar edim: tog’dek baland yashayman deb,
Qirchalarga qandoq nazar tashlayman deb.
Tog’dek cho’kdim, nelar larza soldi menga?
Bugun tog’lar, qirdek bo’lib qoldi menga.
Dunyo ekan tog’laringni qir qilguvchi!
Dunyo ekan osmonlaring yer qilguvchi!
Kelishmadim toshi yolg’on savdo bilan,
Ona-bola bo’lolmadim dunyo…
Qorda qolgan ma’yus gulg’uncha,
Bugun ko’zing yana yoshga to’ldimi?
G’anim boshing uzra armon yog’dirib,
Keyin esa ahvolingga handon kuldimi?
O’tinaman qaddingni bukmagin hech ham,
Gul yuzingda g’amlar aksin topmasin.
Eh, gulim, bu dunyo aslida bir kam,
Hazonga qo’shilib umring zavol topmasin.
Qorlar erib, hayotingga qaytganda bahor,
Yana bo’y taratar hushbo’y iforing,
Bahtimning bog’ida yashnab tursang gar,
Qaytarman so’ginib sening diydoring.
Faqat yig’lamagin, bugun yoningda,
Qolomasman, kechir qalbda armonim.
Kelarman albatta, agar tangrimga,
Topshirib qo’ymasam omonat jonim!!!
Agar ertak bo’lsa muhabbatimiz,
Mayli, shu ertak bilan yashay bir umr.
Qolay mayli, siz haqdagi hayol bilan,
Qismatim shu ekan, taqdirim shudir.
Agar gunoh bo’lsa, sizni sevganim,
Roziman tortishga har qanday jazo.
Mayli yog’sin boshim uzra malomat toshi,
Sizsiz yashamoqning o’zi eng katta azob.
Agar taqdir yo’limizni birlashtirmasa,
O’shanda ham aslo so’nmas umidim.
Aslida ollohdan o’zim uchun emas,
Sizning bahtingizni ko’moq ilindim.
Siz men uchun aslo g’amlarga botmang,
Hayotimda borligingiz o’zi bir ne’mat.
Mayli yashay sizdan qolgan hayol bilan,
Taqdirim shu ekan, ekan bu qismat.
Sizni sog’inaman yulduzga qarab
Siz xam yulduzlarga qarab turganday
Sizni sog’inaman osmonga qarab
Oyga tikilaman xabar kutganday.
Shamollar menga goh sirli gap aytar.
Tushuna olmasdan qolaman yonib
Sog’inchimni olib ortiga qaytar
Balki o’rtar sizni azobga qorib
Sog’inib ketaman yomg’irlar yog’ib
Yaralganda dilda bir mungli qo’shiq
Balki o’sha kuy siz tomon og’ib
Aks sado berar dilingiz jo’shib
Sizdan xech narsa etmayman talab
Hatto xayol bilan bermayman azob
Sizga faqat ezgu niyatlar tilab
Balki arzimasman qilishga bedard
Balki sizning ham ushbu kechada
Jumbushga kelgandir yurak toringiz
Siz ham adashib ko’ngil ko’chada
Unutgansiz yog’-u boringiz
Sog’inchimni yana yashirish dilga
Olloxdan so’rarman yagona ilinch
Toki tirikmiz bo’lmaylik birga
Bizni bog’lab tursin azobli sog’inch.